
Professional boksda faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini kecha o‘tkazdi.
Uning raqibi gruziyalik bokschi Ruben Movsisyan bo‘ldi. O‘n raundga mo‘ljallangan jang muddatidan ancha avval yakunlandi. Ergashev tajribali raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
21 fevral kuni 26 yoshga to‘ladigan Ruben faoliyati mobaynida 23 ta jangda zafar quchgan. Shulardan 16 ta jangini nokaut bilan yakunlagan. Bugun esa uning o‘zi nokautga uchradi.

Bu jang Shohjahon uchun faoliyatidagi sakkizinchisi bo‘ldi. Ergashev bundan avval o‘tkazgan barcha janglarida raqiblarini muddatidan avval nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Manba: olamsport.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar