Dyakov FIFA AQSHga nisbatan sanksiya qo'llamaydi deb hisoblaydi

Moskvaning “Dinamo” jamoasida to'p surgan sobiq himoyachi Vitaliy Dyakov FIFA shov-shuvli siyosiy voqealarga qaramay, AQSHning Jahon chempionatiga mezbonlik maqomini qayta ko'rib chiqmaydi, degan fikrda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, xalqaro futbol tashkilotlari bunday vaziyatlarda ko'pincha tanlab yondashadi va natijada yirik turnirlar rejadagidek davom etaveradi.
“Ko'ryapmiz: Isroilga hech qanday sanksiya qo'llanmagan. Endi ham, ehtimol, AQSHga nisbatan ham choralar ko'rilmaydi — mundial ham yaqin. Ularga baribir ko'p narsa kechiriladi, bu esa ikkiyoqlama standart”, — deya Dyakovning so'zlarini “Match TV” keltiradi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi keng ko'lamli harbiy amaliyot o'tkazilganini bildirgan, ushbu jarayonda mamlakat rahbari Nikolas Maduro qo'lga olingani ham aytilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!