Inter Kanseludan tezkor javob kutmoqda va ultimatum qoʻydi

«Al-Hilol»ning oʻng qanot himoyachisi Joaun Kanselu kelajagi borasida yaqin kunlarda bir qarorga kelishi kerak. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik futbolchi uchun asosiy daʼvogar sifatida Milan «Inter»i qolmoqda, «Barselona» ham poygada. «Neradzurrilar» Saudiya klubi bilan futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish bo‘yicha kelishib qoʻygan, endi faqat Kanseluning roziligi yetishmayapti. Inter Xtra saudiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, «Inter» futbolchidan seshanbagacha javob kutmoqda — aks holda bitim bekor boʻladi.
Kanseluning ustuvor varianti «Barselona» ekani aytilmoqda. 31 yoshli himoyachi kataloniyaliklar aniq taklif bilan chiqmasa, Milan grandiga oʻtishga rozi boʻlishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing