Matteus Karlning Real haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubida to‘p surgan sobiq futbolchi Lotar Matteus iqtidorli yarim himoyachi Lennart Karlning kelajakda Madridning «Real»ida o‘ynash istagi haqidagi gaplariga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Matteusning ta’kidlashicha, bunday bayonot 17 yoshli futbolchi uchun katta maqsad va dadil qadam: u shov-shuv uyg‘otgani ham yomon emas. Uning fikricha, futbolchi doim «Bavariya»da abadiy qolishini aytib o‘tirmasligi tabiiy, orzuga ega bo‘lish normal holat. Matteus Karl ambitsiyali ekanini va o‘z kuchiga ishonishini ko‘rsatganini qayd etib, «Real» e’tiborini tortish uchun u avvalo Myunxenda barqaror va yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishi kerakligini bildirdi.
Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Karlning transfer qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!