Froynd Karlning Real haqidagi gaplariga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Kristof Froynd jamoa vakili Lennart Karl atrofidagi so‘nggi muhokamalarga izoh berdi. 17 yoshli yarim himoyachi kelajakda Madridning «Real»iga o‘tish istagini aytgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Froyndning ta’kidlashicha, Karl shunchaki o‘zi kabi harakat qilgan: u his-tuyg‘ularini yashirmaydi va maydonda ham, tashqarida ham fikrini ochiq aytadi. «U odatdagi 17 yoshli o‘smirdek ish tutdi va tezda bu eng yaxshi iboralar bo‘lmaganini tushundi», — dedi klub rasmiysi.
«Ertasi kuni u uzr so‘radi, bu mavzuni gaplashib oldik. Karl menga boshqacha ma’noda aytmoqchi bo‘lganini tushuntirdi. U «Bavariya»da o‘zini juda qulay his qilyapti va bu yerda bo‘lishning har bir lahzasidan chin dildan zavq olyapti», — deya qo‘shimcha qildi Froynd.
Joriy mavsumda 17 yoshli Karl 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Ularning 21 tasi asosiy jamoa safida o‘tkazilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!