Fiorentina Atalanta yarim himoyachisi Breshianiniga qiziqish bildirdi

Italiya A Seriyasida turnir jadvalining quyi qismida bo‘lsa-da, sekin-asta o‘ziga kelayotgan “Fiorentina” tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda. Jurnalist Nikolo Chekkarinining xabariga ko‘ra, florensiyaliklar “Atalanta” yarim himoyachisi Marko Breshianinini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining o‘zi transferga rozilik bergan. Endi “Fiorentina” “Atalanta” bilan qolgan barcha shartlarni kelishib olishni yakunlashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yozida Breshianini boshqa bir A Seriya klubi — “Napoli” bilan ham muzokara olib borgan. Biroq neapolliklar yakunda shotlandiyalik Skott Maktominayni tanlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing