date

Moldovaning U19 sardori Torino yoshlar jamoasiga o‘tdi

Moldovaning U19 sardori Torino yoshlar jamoasiga o‘tdi

Italiyalik taniqli transfer insayderi Nikolo Skira xabar berishicha, Moldova U19 terma jamoasi sardori Daniyel Tonike «Torino» safiga qo‘shildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozircha futbolchi klubning ikkinchi jamoasi — «Primavera» tarkibida harakat qiladi. Tonike bungacha ham Italiyada to‘p surgan: u «Lenyago» klubida, mamlakatning kuch jihatidan to‘rtinchi ligasida o‘ynagan.

E’tiborlisi, «Torino»ning «Primavera»sida yana bir moldovalik futbolchi Sergey Perchun ham faoliyat olib bormoqda. Ayni paytda «Torino»ning asosiy jamoasi A Seriyada 11-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Moldovaning U19 sardori Torino yoshlar jamoasiga o‘tdi