date

Roma hujumchisi Dovbik jarohat sabab ikki oyga safdan chiqishi mumkin

Roma hujumchisi Dovbik jarohat sabab ikki oyga safdan chiqishi mumkin

Italiya A seriyasida “Lechche”ga qarshi bahsda jarohat olgan “Roma”ning markaziy hujumchisi Artyom Dovbik uzoq muddat maydonga tusha olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma’lumotga ko‘ra, ukrainalik forvardning tiklanish muddati taxminan ikki oy davom etadi. Avvalroq rimliklar yanvarda Dovbikni sotish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq jarohat bu jarayonni ancha murakkablashtirishi mumkin.

Joriy mavsum A seriyasida Dovbik 13 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roma hujumchisi Dovbik jarohat sabab ikki oyga safdan chiqishi mumkin