date

Nepomnyashchiy Rossiya futboli 2026 yilda qaytishini orzu qilmoqda

Nepomnyashchiy Rossiya futboli 2026 yilda qaytishini orzu qilmoqda

Kamerun terma jamoasi hamda Tom klubi sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashchiy Rossiya futboli xalqaro maydonga tezroq qaytishini istashini aytdi. Mutaxassis milliy terma jamoa va klublarga qoʻyilgan amaldagi cheklovlar bekor bo‘lishidan umid bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Orzum shuki, 2026 yilda Rossiya futbolining izolyatsiyasi yakunlansin. Xalqaro o‘yinlarga yana qaytib, u yerda o‘zimizni munosib ko‘rsata olishimizni juda xohlayman», — deya Nepomnyashchiyning so‘zlarini keltiradi Legalbet.

2022 yildan beri FIFA reytingida 33-o‘rinda borayotgan terma jamoa faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib kelmoqda. O‘tgan yili jamoa 10 marta maydonga tushib, 6 g‘alaba qayd etdi, 3 uchrashuvda durang o‘ynadi va 1 marta mag‘lub bo‘ldi — Chili bilan bahs 0:2 hisobida yakunlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nepomnyashchiy Rossiya futboli 2026 yilda qaytishini orzu qilmoqda