Chexiyada bo‘lib o‘tayotgan xokkey bo‘yicha Jahon chempionatining birinchi yarimfinalida Kanada terma jamoasi musobaqa mezboni Chexiya termasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, deb yozmoqda Kun.uz.
Musobaqaning guruh bosqichida Olimpiya chempionlari mezbonlarni 6:2 hisobida yutgan edi. Kanada termasi ushbu chempionatda ishonchli tarzda g‘alabalarga erishmoqda va musboqaning oltin medallarini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda.
Shimoliy Amerika vakillari uchrashuvning 9-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi: Krosbi oshirgan shaybadan keyin Xoll Chexiya darvozaboni Pavelesning darvozasiga shayba kiritdi. Kanadaliklar hujum uyushtirishda davom etdilar. Biroq kanadaliklarning ikkinchi shayba kiritishlarini uzoq kutishga to‘g‘ri keldi.
O‘yinning 30-daqiqasida chexlar ikkinchi shaybani o‘tkazib yuborishdi. Musobaqaning eng yaxshi to‘purari Spessa Chexiya termasi darvozasining burchagiga shayba kiritdi.
Shu tariqa, Kanada finalda musobaqaning bosh sovrini uchun Rossiya bilan 2009 yildan beri ilk marta bellashadigan bo‘ldi. Uchrashuv 17 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi