Dasturchi kuniga 50 ming dollar topadigan o‘yinini nega o‘chirib tashladi?

Vetnamlik dasturchi Dong Nuyen kuniga 50 ming dollar daromad keltirayotgan "Flappy Bird" o'yinini o'chirib tashladi. 2013 yil may oyida uch kecha davomida yaratilgan bu loyiha 2014 yil boshlariga kelib dunyodagi eng mashhur mobil o'yinlardan biriga aylangan edi. Dasturchi o'yin odamlarning hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatib, qaramlikni kuchaytirayotganini tushunib yetdi.
Bu yigit — mashhur "Flappy Bird" o‘yinining yaratuvchisi, vetnamlik dasturchi Dong Nuyen. Uning yaratgan ushbu oddiy, ammo juda mashhur o‘yini 2013 yil may oyida atigi uch kecha davomida ishlab chiqilgan.
Dastlab o‘yinga deyarli hech kim e’tibor qaratmagan. Biroq 2014 yil boshlariga kelib, "Flappy Bird" kutilmagan tarzda keng ommalashib ketdi. Qisqa vaqt ichida millionlab foydalanuvchilar uni yuklab olib, o‘ynay boshladi. Natijada o‘yin dunyodagi eng mashhur mobil o‘yinlardan biriga aylandi.
Ommaviylik ortishi bilan Dong Nuyen kuniga taxminan 50 ming dollar daromad ola boshladi. Biroq u vaqt o‘tishi bilan o‘z loyihasi odamlarning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini, o‘yin ayrim foydalanuvchilarda qaramlikni kuchaytirib, ularning qimmatli vaqtini behuda sarflashiga sabab bo‘layotganini angladi.

Shundan so‘ng dasturchi kutilmagan qaror qabul qildi. Avval u o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida bu haqda xabar berib, "Flappy Bird" tez orada o‘chirilishini ma’lum qildi. Oradan bir kun o‘tib esa, kuniga o‘nlab ming dollar daromad keltirayotgan o‘yinni insonlar manfaatini moliyaviy foydadan ustun qo‘ygan holda App Store va Google Play platformalaridan butunlay olib tashladi.
Dong Nuyenning bu qarori haligacha texnologiya sohasidagi eng noodatiy va eng ko‘p muhokama qilingan qarorlardan biri sifatida esga olinadi. Uning fikricha, har qanday moliyaviy muvaffaqiyat insonlar salomatligi va farovonligidan ustun bo‘lmasligi kerak.






























Izohlar 0
…