Eldor Shomurodov bosh bilan gol urdi, «Bashakshehir» oldinda (video)

Turkiya Superligasining 18-turidan o‘rin olgan «Istanbul Bashakshehir» — «Fatih Karagyumryuk» bahsi hozir ham davom etmoqda. Uchrashuvni mezbonlar safida ikki hamyurtimiz — hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda boshladi.
O‘yinning dastlabki daqiqalaridayoq «Bashakshehir» hujumda faol ko‘rina boshladi. Ana shunday bosimli lahzalardan birida, 15-daqiqada qanotdan havolatib yo‘llangan aniq uzatmaga Eldor Shomurodov o‘z vaqtida yetib keldi va bosh bilan kuchli zarba yo‘llab, to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Natijada mezbonlar hisobda oldinga chiqdi.
Goldan keyin ham o‘yin dinamikasi tushmadi, biroq birinchi bo‘lim yakunigacha hisob o‘zgarmadi. Shunday qilib, birinchi taym 1:0 hisobida «Istanbul Bashakshehir» foydasiga yakunlandi.
Tanaffusdan keyin bellashuvning ikkinchi taymi davom etmoqda. Muxlislar esa hamyurtimiz ishtirokidagi hujumlar yana davom etishini, Fayzullayevning o‘yin markazidagi harakatlari va Shomurodovning navbatdagi zarbalari hisobni yanada yiriklashtirishini kutib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!