Rossiya terma jamoasi FIFA reytingida uch pog‘ona pastladi

Afrika millatlar kubogi yakunlanganidan keyingi dushanba kuni FIFA rasmiy sayti terma jamoalar reytingini yangiladi. Yangilanish natijasida Rossiya terma jamoasi birdaniga uch pog‘onaga tushib, 33-o‘rindan 36-o‘ringa joylashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozirgi reytingda Rossiya terma jamoasining eng yaqin qo‘shnilari — Uels (35-o‘rin) va Kot-d’Ivuar (37-o‘rin).
Valeriy Karpin boshqaruvidagi jamoa navbatdagi yig‘inni mart oxirida o‘tkazadi. Hozircha yaqin yig‘indagi raqiblar e’lon qilinmagan. UEFA va FIFA sanksiyalari sabab Rossiya milliy jamoasi hozir faqat o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda va bu uchrashuvlar natijalari ham FIFA reytingiga kiritiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing