date

FIFA reytingida Ispaniya yetakchi, Marokash top-10 ga kirdi

FIFA reytingida Ispaniya yetakchi, Marokash top-10 ga kirdi

FIFA rasmiy saytida milliy jamoalar reytingi yangilandi. Marokash terma jamoasi uyida o‘tgan Afrika kubogi finalida mag‘lub bo‘lsa-da, jadvalda 11-o‘rindan 8-pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingning birinchi o‘rnida Ispaniya qolmoqda. Kuchli o‘ntalikdan keyingi o‘rinlarni Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Marokash, Belgiya va Germaniya egalladi.

Xorvatiya terma jamoasi 11-pog‘onaga tushib ketdi. Afrika kubogini qo‘lga kiritgan Senegal esa 12-o‘ringa ko‘tarildi — chempionlikdan so‘ng senegalliklar birdaniga yetti pog‘ona yuqoriladi.

Avval xabar qilinganidek, Rossiya terma jamoasi 36-o‘ringa pastladi.

FIFA reytingi keyingi safar 1-aprel kuni yangilanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA reytingida Ispaniya yetakchi, Marokash top-10 ga kirdi