date

“Liverpul” safarda “Marsel”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

“Liverpul” safarda “Marsel”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

Yevropa Chempionlar ligasining 7-turidan o‘rin olgan “Marsel” va “Liverpul” uchrashuvi yakuniga yetdi. Bellashuvda “qizillar” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan birinchi daqiqada Dominik Soboslai jarima zarbasini ideal tarzda amalga oshirib uchrashuvda hisobni ochdi. 72-daqiqada Jeremi Frimpong qanotdan yorib kirib to‘pni sheriklariga uzatgan edi, biroq to‘p raqib darvozaboniga tegib darvozadan joy oldi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Kodi Gakpo gol urib hisobni yiriklashtirdi. O‘yin yakuniga qadar boshqa gol urilmadi va mersisaydliklar o‘z hisoblariga 3 ochko yozdirib qo‘ydi.

Marsel — Liverpul 0:3

Gollar: Soboslai (45+1), Rulli (72, avtogol), Gakpo (90+2).

Marsel — Rulli, Murillo, Pavar, Balerdi, Medina, Vea, Hyoyberg, Kondogbia (Nodir, 68), Traore (Payshao, 68), Guiri (Obameyang, 67), Grinvud.

Liverpul — Alisson, Frimpong, Gomes, van Deyk, Kerkez, Soboslai, Gravenberh, Mak Allister, Saloh, Virts (Jons, 79), Ekitike (Gakpo, 79).

Shu tariqa “Liverpul” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 15 taga yetkazib musobaqa jadvalida 4-o‘ringa joylashdi. “Marsel” esa 9 ochko bilan musobaqa jadvalining 19-o‘rinida qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” safarda “Marsel”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)