Pochettino JCh-2026dan keyin Tottenxemga qaytishi mumkin

AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yana bir bor «Tottenxem»ni boshqarishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik mutaxassis Angliya Premyer-ligasida yana ishlashni istamoqda. Pochettino «shporlar»ga qaytish variantini ijobiy qabul qiladi, biroq bu faqat 2026 yilgi jahon chempionati yakunidan so‘ng amalga oshishi mumkin. Agar klub mavsum tugashidan oldin Tomas Frank bilan xayrlashsa, rahbariyat boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqishi ehtimoldan xoli emas.
Eslatib o‘tamiz, Pochettino 2014–2019 yillarda «Tottenxem»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida londonliklar 2018/19 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi finaliga chiqqan, 2015/16 yilgi mavsumda esa APLda ikkinchi o‘rinni egallagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!