Kazemiro ketishi MYu ga APL yosh yulduzini olishga yo'l ochadi

"Manchester Yunayted" rahbariyati mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilayotgan Kazemiro o'rniga muqobil variantlarni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik yarim himoyachi yaqin orada ketishini ma'lum qildi: yozda u "qizil iblislar" bilan shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida xayrlashadi. Jurnalist Rich Fey "Manchester Yunayted"ga yaqin manbalarga tayanib xabar berishicha, klubda Kazemironing yuqori maoshi bo'shaganidan so'ng markaziy chiziqni yangi futbolchi bilan kuchaytirish mumkinligiga ishonch katta. Asosiy nishon — "Nottingem Forest"dan Elliot Anderson.
Transfermarkt Andersonning bozor qiymatini 60 mln yevroga baholamoqda. 23 yoshli хавбек Angliya terma jamoasi safida olti uchrashuv o'tkazgan, u terma jamoadagi debyutini o'tgan yil sentabr oyida amalga oshirgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!