date

Kivu Interning Serie A dagi yetakchiligini baholadi

Kivu Interning Serie A dagi yetakchiligini baholadi

Milaning «Inter» jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu «Piza» ustidan 6:2 hisobidagi gʻalabadan soʻng klubning joriy holati va natijalari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 23-daqiqasiga kelib milanliklar ikki bor gol oʻtkazib yubordi, biroq jamoa tezda oʻziga kelib, tanaffusgacha hisobni tenglashtiribgina qolmay, oldinga ham chiqib oldi. Ikkinchi boʻlimda esa «neradzurri» ustunlikni katta hisobdagi gʻalabagacha olib bordi. «Inter» A Seriya jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va «Milan»dan 6 ochkoga oldinda bormoqda.

«52 ochko to‘plash oson emas — vaziyat va bizdan kutilayotgan talablar buni yanada murakkablashtirdi. Futbolchilar ko‘tarilish ham, pasayish davrlarida ham o‘zini 100 foizga bag‘ishlab o‘ynadi. Hushtaklar va ortiqcha tanqidlarga munosib javob qaytardik, klub manfaatlari uchun qo‘limizdan kelganini qildik. Umid qilamanki, shu ruhda davom etamiz», — dedi Kivu matbuot anjumanida.

Chorshanba kuni «Inter» Chempionlar ligasi doirasida safarda Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu Interning Serie A dagi yetakchiligini baholadi