date

Luis Enrike PSJ gʻalabasi yirikroq bo‘lishi kerak edi dedi

Luis Enrike PSJ gʻalabasi yirikroq bo‘lishi kerak edi dedi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1ning 19-turida “Oser”ga qarshi o‘yinda jamoasi 1:0dan ko‘ra kattaroq hisobga munosib bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parijliklar safarda minimal hisobda zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Bredli Barkola bo‘ldi.

“Hisob atigi 1:0, ammo menimcha, biz ko‘proq narsaga loyiq edik. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonish qanchalik qiyinligini bilamiz”, — deya murabbiy so‘zlarini PSJ matbuot xizmati keltirdi.

Enrike safarda o‘ynash doim murakkabligini qo‘shimcha qildi va parijliklarning vazifasi “Lans”ga bosim o‘tkazish bo‘lganini aytdi.

PSJ turnir jadvalida vaqtincha peshqadamlikni qo‘lga oldi. Biroq “Lans” safarda “Marsel”ni mag‘lub etsa, parijliklar yana birinchi o‘rinni boy berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike PSJ gʻalabasi yirikroq bo‘lishi kerak edi dedi