Yurgen Klopp Florentino Peres taklifini qabul qilib, Realni boshqaradi

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ni boshqarishga rozilik berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbol del Sr.Destrangis xabariga ko'ra, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres va nemis mutaxassisi shartnoma bandlari bo'yicha kelishuvni yakunlagan. Hujjat iyun oyida imzolanishi kutilmoqda va tomonlar kelishuv tafsilotlaridan mamnun.
Qayd etilishicha, faqat Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi yoki Ispaniya chempionligini qo'lga kiritsa, bitim taqdiri savol ostida qolishi mumkin.
Kloppning so'nggi jamoasi "Liverpul" bo'lib, u klubni 2015 yildan 2024 yilgacha boshqargan. Uning qo'l ostida mersisaydliklar sakkizta sovrinni yutgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing