«Chelsi» derbida «Kristal Pelas»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi (video)

APLning 23-turida «Kristal Pelas» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi va bahsda “aristokratlar” ishonchli tarzda 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Oxirgi o‘yinlarda duranglar va mag‘lubiyatlar bilan “havosi pasaygan” londonliklar bu safar o‘zini yig‘ib oldi va muxlislariga kerakli javobni berdi.
Uchrashuvda «Chelsi»ning asosiy kuchlari o‘zini ko‘rsatdi. Hisob 34-daqiqada ochildi — Estevan Vilian raqib darvozasini ishg‘ol qildi va “ko‘klar”ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan bosim yanada kuchaydi: 50-daqiqada Juan Pedro gol urib, ustunlikni ikki golga yetkazdi. Keyin esa 64-daqiqada Enso Fernandes penaltidan aniq zarba yo‘llab, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.
«Kristal Pelas» esa oxirigacha kurashdan qaytmadi. 88-daqiqada Kris Richards bir gol bilan farqni qisqartirdi, ammo bu kechikib kelgan javob bo‘lib qoldi — «Chelsi» o‘yinni nazoratda ushlab, g‘alabani qo‘ldan chiqarmadi.
Mezbonlar uchun yana bir og‘ir zarba — Adam Uortonning qizil kartochka olishi bo‘ldi. Bir kishi kamayib qolgan jamoada hujumdagi rejalar ham, himoyadagi barqarorlik ham izdan chiqishi tabiiy. «Chelsi» esa shu vaziyatdan unumli foydalanib, o‘yinni “sovuq aql” bilan tugatdi.
Shu tariqa, Liam Rosenor shogirdlari durang va mag‘lubiyatlar seriyasidan keyin bu turda nihoyat g‘alaba ta’mini his qildi. «Chelsi» uchun esa bu natija shunchaki 3 ochko emas — ruhiy qayta tiklanish, ishonchning qayta paydo bo‘lishi va jadvaldagi kurashga jiddiy qaytish degani.
APL 23-tur
«Kristal Pelas» — «Chelsi» 1:3
Gollar: Richards 88 — Estevao 34, Joao Pedro 50, Fernandes 64 pen
«Kristal Pelas»: Henderson, Munos, Richards, Lakrau, Kanvot (Pino, 65), Mitchell, Lerma, Uorton, Sarr, Jonson, Mateta.
«Chelsi»: Sanches, Jeyms, Chaloba, Badiashvile, Kukurelya, Andrey Santos, Kaysedo (Fofana, 74), Estevao (Gittens, 74), Enso Fernandes, Net-u (Gusto, 74), Joao Pedro.
Xulosa bitta: «Chelsi» uchun bu g‘alaba vaqtida keldi. Endi eng muhimi — shu tempni saqlab qolish. Chunki APLda bir marta “uyg‘onish” yetarli emas, har turda qaytadan o‘zingni isbotlaysan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!