date

Arteta maglubiyat uchun barcha mas’uliyatni o'z zimmasiga oldi

Arteta maglubiyat uchun barcha mas’uliyatni o'z zimmasiga oldi

Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvdan keyin fikr bildirdi. Angliya Premyer-ligasining 23-tur bahsi 2:3 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis maglubiyat uchun javobgarlikni to'liq o'z zimmasiga olishini ta’kidladi va endi eng muhimi — jamoaning bunga qanday munosabat bildirishida ekanini aytdi. Artetaning so'zlariga ko'ra, vaziyatni to'g'rilash uchun imkon bor, eng yaxshi reabilitatsiya esa maydonda bo'ladi: uch kundan keyin «Arsenal» yana Chempionlar ligasida o'ynaydi.

23 tur yakuniga ko'ra, «kanonirlar» Premyer-liga jadvalida 50 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Arteta jamoasining navbatdagi o'yini 18-yanvar kuni bo'lib o'tadi. Shu kuni «Arsenal» Chempionlar ligasining 8-turida uy maydonida Qozog'istonning «Qayrat» klubini qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta maglubiyat uchun barcha mas’uliyatni o'z zimmasiga oldi