Vest Hem yulduzi Paketani 41,2 mln yevroga sotmoqda

Londonning “Vest Hem” klubi yarim himoyachisi Lukas Paketa Braziliya chempionatiga qaytishga yaqin: u “Flamengo” safida to‘p surishi kutilmoqda. Bu haqda ESPN Brasil jurnalistlari xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlab, kelishuvning moliyaviy shartlarini ham kelishib olgan. Transfer “Flamengo”ga 41,2 million yevroga tushadi.
28 yoshli xavbek 2022 yil avgustidan beri “bolg‘achilar” tarkibida o‘ynab kelmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Joriy Angliya chempionati mavsumida Paketa 18 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing