date

Fer Lopes APLdagi olti oydan so‘ng Seltaga qaytdi

Fer Lopes APLdagi olti oydan so‘ng Seltaga qaytdi

21 yoshli hujumkor yarim himoyachi Fer Lopes «Vulverhempton»ni tark etib, Galisiyaga qaytdi. Futbolchi mavsum oxirigacha ijara asosida yana «Selta» safida to‘p suradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Lopes Madridda tug‘ilgan bo‘lsa-da, professional faoliyatidagi asosiy shakllanish jarayonini aynan «Selta»da o‘tkazgan va birinchi jamoagacha ko‘tarilgandi. 2025 yil yozida u «Vulverhempton»ga o‘tgan, «bo‘rilar» yarim himoyachi uchun 23 mln yevro to‘lagan.

Biroq Angliyada, APL autsayderi safida Lopes o‘zini ko‘rsata olmadi: u ketgan yetakchilarning o‘rnini bosa olmadi. Yosh futbolchi barcha musobaqalarda 12 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, atigi bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

«Selta» esa joriy LaLiga mavsumida yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Galisiyaliklar hozircha 7-o‘rinda, hisobida 32 ochko bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fer Lopes APLdagi olti oydan so‘ng Seltaga qaytdi