Ambrozini Fyullkrugning golga chanqoqligini yuqori baholadi

Ambrozini Fyullkrugning golga chanqoqligini yuqori baholadi

Milan”ning sobiq futbolchisi Massimo Ambrozini klubning yangi hujumchisi, germaniyalik Niklas Fyullkrug haqida iliq fikr bildirdi. Uning aytishicha, forvard gol urishga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ajralib turadi va bu “ijobiy ma’nodagi berilib ketish”dir. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ambrozini “Milan”ga jarima maydonida golni “his qiladigan”, maydonda faqat gol haqida o‘ylaydigan futbolchi zarurligini ta’kidladi. Uning fikricha, Santyago Ximenes bu rolni to‘liq bajara olmadi, Fyullkrug esa aynan shunday tipdagi hujumchilardan, deya pianetamilan.it manbasi keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Fyullkrug avvalroq Angliyaning “Vest Hem” klubida kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olmagandi. Hozir esa “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar