Mateta Angliyada boshqa klubga o‘tishi mumkin

«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta Angliya Premyer-ligasining yana bir jamoasi diqqat markaziga tushdi. Sky Sports xabariga ko‘ra, fransuz futbolchini «Nottingem Forest» o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq OAV Matetaga Birmingemning «Aston Villa»si va Turin «Yuventus»i ham qiziqish bildirganini yozgandi. Biroq «burgutlar» qo‘ygan moliyaviy talablar boshqa klublarni ortga qaytargani ta’kidlanadi.
Transfermarkt portali hujumchini 40 million yevroga baholamoqda. Matetaning «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Mateta 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing