date

Jean-Philippe Mateta Milan transferi barbod bo‘lganidan qattiq tushkunlikka tushganini tan oldi

Jean-Philippe Mateta Milan transferi barbod bo‘lganidan qattiq tushkunlikka tushganini tan oldi

Kristal Pelas hujumchisi Jean-Philippe Mateta qishki transfer oynasi vaqtida Milan klubiga o‘tishi barbod bo‘lgani unga ruhiy tomondan qattiq ta’sir qilganini tan oldi. Tomonlar 35 million yevro evaziga kelishuvga yaqin turgan edi, biroq tibbiy ko‘rik vaqtida futbolchining tizzasidagi muammolar aniqlangach, Italiya klubi transferni bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mateta L’Equipe nashriga bergan intervyusida o‘sha davrni eslab: "Rostini aytsam, transfer amalga oshmay qolgani menga ruhiy zarba bo‘ldi. Biroq tezda o‘zimni qo‘lga oldim va mutaxassislar bilan maslahatlashib, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj yo‘qligini bildim. Men bor e’tiborimni mashg‘ulotlarga qaratib, murabbiy Oliver Glasnerga o‘z kuchimni isbotlashga harakat qildim", - deya ta’kidladi.

Shunga qaramay, fransiyalik hujumchi va Milan o‘rtasidagi aloqalar uzilgani yo‘q. Klub sport direktori Igli Tare kelajakda vaziyatga qaytishlari mumkinligini istisno etmadi. Shuningdek, futbolchining agenti Paul Latouche Milan va Yuventus o‘rtasidagi bahsni tribunadan kuzatgani transfer mish-mishlarini yanada kuchaytirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jean-Philippe Mateta Milan transferi barbod bo‘lganidan qattiq tushkunlikka tushganini tan oldi