Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “A” guruhi 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Al-Ahli” (2:0) uchrashuvidan keyin amirliklar ustozi Kosmin Olariu o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Dastlabki daqiqada kiritilgan gol o‘yinni butunlay o‘zgartirdi. Biz o‘yinga qaytish uchun harakat qildik, ammo raqib darvozaboni ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Biz o‘zimiz istagandek o‘ynay olmadik. Qarshi hujumlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik va bular ustida ishlab, muammolarni bartaraf etishimiz kerak. Endigi e’tiborni OChLdagi yana bir raqib – “Al-Taavon”ga qarshi o‘yinga qaratish kerak.
“Lokomotiv” himoyachilari Makete Diop va Everton Ribeyroga qarshi yaxshi harakat qildi. O‘yin ular atrofida yasalmagan, garchi ularga nisbatan himoyachilar yaxshi harakat qilgan bo‘lsa-da, men boshqa futbolchilardan xavotirdaman. Ahmad Halil jarohati tufayli o‘ynay olmadi. U kechagi mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, ammo o‘yinga tayyor emasligini ko‘rdik. Shu sababli u zaxirada qoldi”, – dedi Kosmin Olariu. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi