Arbeloa Mbappe va Vinisius juftligi ustida ishlash kerak dedi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoasining hujumdagi yulduzlari — Kilian Mbappe va Vinisius Junior tandemiga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Qirollik klubi” so‘nggi uch uchrashuvda ketma-ket g‘alaba qozonib, jami 10 ta gol urdi. Bu natijada Mbappe hamda Vinisiusning hujumdagi faolligi va samaradorligi muhim rol o‘ynadi.
“Ularning maydondagi o‘zaro tushunishi biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu aloqani rivojlantirishimiz kerak. Mbappe, Vinisius va Bellingem dunyodagi eng kutilmagan uchliklardan biriga aylanishi mumkin. Ammo ustida ishlash lozim bo‘lgan boshqa jihatlar ham ko‘p, biz aynan shuni qilmoqdamiz. Vaqt o‘tishi bilan yanada kuchliroq bo‘lamiz”, — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Alvaro Arbeloa joriy oyda “Real” boshqaruvini qabul qilib oldi va Xabi Alonsoni almashtirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!