Arbeloa Realda muvaffaqiyat kalitini aytib berdi

Arbeloa Realda muvaffaqiyat kalitini aytib berdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa bilan ishlashdagi yondashuvi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniyalik mutaxassis 12-yanvar kuni «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi lavozimini egalladi. U iste'foga chiqarilgan Xabi Alonsoning o'rnini bosdi. 43 yoshli Arbeloa bungacha klubning ikkinchi jamoasini boshqargan.

«Mas'uliyatni juda katta his qilyapman. Bu ish zavq berishi kerak — shundagina uni uddalash mumkin. Har qanday sohada muvaffaqiyatga boshqacha yo'l yo'q. Albatta, bu katta fidoyilik va jiddiy mehnat talab qiladi, ammo ijobiy natija aynan shunday keladi», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Arbeloa qo'l ostida «Real» hozirgacha to'rtta o'yin o'tkazib, ularning uchtasida g'alaba qozondi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar