Emery Tilimans va Kamaraning jarohat muddatlarini ma'lum qildi

Emery Tilimans va Kamaraning jarohat muddatlarini ma'lum qildi

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaning bir nechta jarohatlangan futbolchilari bo'yicha yangilik berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Bubuakar Kamara uzoq muddat safdan chiqqan va katta ehtimol bilan mavsum oxirigacha maydonga qaytmaydi. Jon Makginn 6–8 haftaga, Yuri Tilimans esa 8–10 haftaga jamoaga yordam bera olmaydi.

«Aston Villa» Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Birmingem klubi peshqadam «Arsenal»dan to'rt ochko ortda.

Jamoa navbatdagi uchrashuvini 29 yanvar kuni o'z maydonida Yevropa ligasida «Red Bull Zaltsburg»ga qarshi o'tkazadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar