O‘zbekistonda jarima maydonchasi tizimi elektron shaklga o‘tmoqda

O‘zbekistonda jarima maydonchasi tizimi elektron shaklga o‘tmoqda

O‘zbekistonda jarima maydonchasiga olib ketilgan transport vositalarini qaytarish tartibi o‘zgaradi. 2024 yil 1 avgustdan boshlab ruxsatnomalar faqat elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Bu jarayon «Jarima maydonchasi» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Avtomobil egasiga maxsus QR-kodli ruxsatnoma beriladi.

Tizim Soliq qo‘mitasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lanadi. Natijada mashinaning rusumi, davlat raqami, maydonchada qancha vaqt turgani va to‘langan xizmat haqi avtomatik tarzda qayd etiladi.

Mazkur tartib qog‘oz hujjatlar bilan bog‘liq ovoragarchiliklarni kamaytirishi kutilmoqda. Shu bilan birga, jarima maydonchalaridagi to‘lovlar va ma’lumotlar elektron nazoratga olinadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar