Laporta Bernal va Kasado jamoada qolishini tasdiqladi

Laporta Bernal va Kasado jamoada qolishini tasdiqladi

Barselona” prezidenti Joan Laporta yarim himoyachilar Mark Bernal va Mark Kasadoning kelajagi borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Har ikki futbolchi ham katalon klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Laportaning ta’kidlashicha, na Bernal, na Kasado jamoani tark etadi: klub ularga ishonadi va kelgusi rejalarida muhim o‘rin ajratgan.

Joriy mavsumda 18 yoshli Bernal barcha musobaqalarda 15 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli pas muallifi bo‘ldi. 22 yoshli Kasado esa 21 uchrashuvda qatnashib, bitta assist qayd etdi.

La Liganing 21-turidan so‘ng “Barselona” 52 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bormoqda. Eng yaqin ta’qibchisidan ustunlik esa bir ochkoni tashkil etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar