Arteta Kay Havertsning startda o'ynashga tayyorligini tasdiqladi

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Kay Haverts dam olish kunlari «Lids»ga qarshi uchrashuvda ilk daqiqalardan maydonga tushishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Artetaning aytishicha, nemis futbolchisi yaqinda asosiy tarkibda o'ynadi va endi murabbiylar shtabi uning yuklamasini to'g'ri taqsimlab, qaysi o'yinlarda startda maydonga tushishini belgilab boradi.
Haverts chorshanba kuni «kanonirlar» safida «Qayrat»ga qarshi Chempionlar ligasi bahsida asosiy tarkibda harakat qildi hamda o'sha o'yinda gol urib, bir golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, «Lids» — «Arsenal» uchrashuvi 31 yanvar, shanba kuni «Elland Roud» stadionida bo'lib o'tadi. Jamoalarning mavsumdagi ilk to'qnashuvi avgust oyida Londonda o'ynalgan va «Arsenal»ning 5:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlangan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!