date

Flik chempionlik poygasida nafaqat Realni eslatdi

Flik chempionlik poygasida nafaqat Realni eslatdi

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Hozir kataloniyaliklar turnir jadvalida yetakchi bo'lib, "Real"ni atigi bir ochko ortda qoldirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis "Real"dan oldin o'ynash ustunlik beradimi, degan savolga javob berar ekan, g'alaba har doim yaxshi ekanini ta'kidladi, biroq mavsum yakuniga hali ancha borligini eslatdi. Flikning aytishicha, "Real" ham, "Barselona" ham yuqori sifatga ega, ammo "Vilyarreal" va "Atletiko" kabi raqiblar ham poygada o'z so'zini aytishi mumkin.

Murabbiy chempionatni "fantastik musobaqa" deb atab, jamoa maqsadi mavsum oxirida birinchi o'rinni egallash ekanini qayd etdi. Uning so'zlariga ko'ra, navbatdagi tur emas, aynan yakunda kim yetakchi bo'lishi muhim.

"Barselona" 31-yanvar, shanba kuni safarda "Elche"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik chempionlik poygasida nafaqat Realni eslatdi