date

Selyuk Safonov hozircha PSJning asosiy darvozaboni emas

Selyuk Safonov hozircha PSJning asosiy darvozaboni emas

Mashhur agent Dmitriy Selyuk PSJ tarkibidagi Matvey Safonovning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Jarohatdan keyin safga qaytgan rossiyalik darvozabon jamoaning Chempionlar ligasida «Nyukasl»ga qarshi so‘nggi o‘yinida maydonga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Selyukning aytishicha, «Nyukasl» bilan uchrashuvda Safonovning o‘ynagani hozirgi Chempionlar ligasi formati sharoitida katta xulosa chiqarish uchun asos bo‘la olmaydi. Agent Safonovni PSJning asosiy posboni deb atash noto‘g‘ri, deya hisoblaydi.

«Eng muhimi — Matvey amaliyot olyapti. Siyosatni chetga sursak, Safonov hozircha asosiy darvozabon emas, chunki Shevalye bor. Vaqti-vaqti bilan rossiyalikni maydonga tushirishadi, lekin ko‘pi bilan shuncha», — deya Selyukning so‘zlarini Metaratings keltiradi.

PSJ navbatdagi uchrashuvini 1 fevral kuni Fransiya chempionatida safarda «Strasburg»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Selyuk Safonov hozircha PSJning asosiy darvozaboni emas