date

Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasida gʻalabasini istaydi

Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasida gʻalabasini istaydi

Arsenal safida toʻp surgan belaruslik sobiq futbolchi Aleksandr Gleb “kanonirlar”ning joriy Chempionlar ligasidagi imkoniyatlarini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning taʼkidlashicha, London klubi turnirning umumiy bosqichini juda yuqori saviyada oʻtkazdi. Shunga qaramay, u hozircha musobaqa gʻolibiga aniq bitta favoritni ajratish qiyinligini aytdi.

“Hammasi 1/8 final ishtirokchilari toʻliq maʼlum boʻlgach, yanada oydinlashadi. Ammo, albatta, sobiq klubim Chempionlar ligasini yutsa yoki hech boʻlmasa finalgacha yetib borsa, xursand boʻlaman”, — dedi Gleb “RB Sport”ga.

Shuningdek, u Chempionlar ligasi finalida oʻyin uslubi hujumkor, tomoshabop ikki jamoani koʻrishni xohlashini qoʻshimcha qildi.

Maʼlumot uchun, Arsenal Chempionlar ligasining umumiy bosqichini birinchi oʻrinda yakunladi va sakkiz uchrashuvning barchasida gʻalaba qozondi. “Kanonirlar” turnirning yangi formatida buni amalga oshirgan ilk jamoa boʻldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasida gʻalabasini istaydi