date

«Liverpul» – «Manchester Siti»: bugungi o‘yin uchun taxminiy tarkiblar

«Liverpul» – «Manchester Siti»: bugungi o‘yin uchun taxminiy tarkiblar

Yevropaning katta sahnasi yana qiziydi: Angliya Premer-ligasi 25-turida "Liverpul" o‘z uyi — Enfildda "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.

Bunday o‘yinlarda eng qizig‘i — murabbiylar qaysi kartani tanlaydi? Ayniqsa, markazdagi kurash va himoya chizig‘idagi “kim kimni yopadi” degan savol butungi o‘yin ritmini belgilab qo‘yadi. Shu sabab, bir necha mashhur manbalar o‘z taxminlarini chiqarib ulgurdi.

Sports Mole talqiniga ko‘ra

  • «Liverpul»: Alisson; Soboslai, Konate, Van Deyk, Kerkez, Gravenberx, Mak Allister, Saloh, Virs, Gakpo, Ekitike.
  • «Manchester Siti»: Donnarumma; Nunes, Gexi, Ake, Ait-Nuri, Rodri, O‘Rayli, Sherki, Reynders, Semeno, Xoland.

Al Jazira versiyasi

  • «Liverpul»: Alisson; Soboslai, Konate, Van Deyk, Kerkez, Gravenberx, Mak Allister, Saloh, Virs, Gakpo, Ekitike.
  • «Manchester Siti»: Donnarumma; Nunes, Gexi, Husanov, Ait-Nuri, Rodri, O‘Rayli, Sherki, Foden, Semeno, Xoland.

GiveMeSport taxmini

  • «Liverpul»: Alisson; Soboslai, Konate, Van Deyk, Kerkez, Gravenberx, Mak Allister, Saloh, Virs, Jons, Ekitike.
  • «Manchester Siti»: Donnarumma; Nunes, Gexi, Husanov, O‘Rayli, Rodri, Reynders, Sherki, Marmush, Semeno, Xoland.

Sports Illustrated taxmini

  • «Liverpul» (4-2-3-1): Alisson; Soboslai, Konate, Van Deyk, Kerkez; Gravenberx, Mak Allister; Saloh, Virs, Gakpo; Ekitike.
  • «Manchester Siti» (4-1-4-1): Donnarumma; Nunes, Husanov, Gexi, O‘Rayli; Rodri; Semeno, Reynders, Foden, Sherki; Xoland.

Muxlislar uchun “qaynoq nuqta”lar

  • Husanovning ehtimoliy ishtiroki: ba’zi taxminlarda u markaziy himoyada ko‘rinyapti — bu esa biz uchun alohida qiziq nuqta.
  • Virs — Saloh ortidagi erkin zona: agar maydon o‘rtasida bir-ikki marta “kaltak” qochsa, o‘yin bir zumda alangalanadi.
  • Holandga uzatmalar: u to‘pni 2 marta toza qabul qilsa, uchinchi marta tabloda raqam o‘zgaradi (ha, bu uning klassik “rejimi”).

Qisqasi, bugun Enfildda tomosha bor: tarkiblar qayerdadir o‘xshash, qayerdadir farqli — lekin intriga bitta: kim birinchi bo‘lib ritmni oladi, o‘sha o‘yinni ham “idora qiladi”.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» – «Manchester Siti»: bugungi o‘yin uchun taxminiy tarkiblar