date

Kivu skudettoni hozircha o'ylamayapti imkoniyat nolga teng

Kivu skudettoni hozircha o'ylamayapti imkoniyat nolga teng

"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyada chempionlik poygasi borasidagi vaziyatga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni "neradzurrilar" safarda "Sassuolo"ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:0. Shu g'alabadan so'ng "Inter" ikkinchi o'rinda borayotgan "Milan"dan farqni 8 ochkogacha oshirdi, "rossonerilar"ning esa bitta zaxira uchrashuvi bor.

O'yindan keyin jurnalistlar Kivudan skudettoni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida so'rashdi. Ruminiyalik mutaxassis esa kutilmagan javob berdi.

"Ayni damda — nol foiz. Oldinda hali juda ko'p o'yinlar bor, ko'plab ochkolar o'ynaladi. Katta maqsad qo'yganlar faqat biz emas. Oldinda og'ir mehnat kutyapti", — dedi Kivu DAZNga bergan intervyusida.

Keyingi shanba, 14-fevral kuni "Inter" Italiya chempionatining 25-turi doirasida o'z maydonida "Yuventus"ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu skudettoni hozircha o'ylamayapti imkoniyat nolga teng