date

Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol marrasi haqida gapirdi

Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol marrasi haqida gapirdi

Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Roberto Karlos 41 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatida 1000 ta gol urish maqsadi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Ronaldu muxlislari uchun Krishtianuning tarix yaratib, yangi rekordlar o‘rnatayotganini ko‘rish juda yoqimli. 1000 gol urgan yagona futbolchi — Pele. Ronaldu ham bu ro‘yxatga qo‘shilishi mumkin», — deya Karlosning so‘zlarini O Jogo nashri keltiradi.

Joriy mavsumda yulduzli to‘purar Saudiya Arabistonidagi jamoasi safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, Ronaldu Saudiya ligasidagi transfer siyosatidan norozi bo‘lgani sabab «An-Nasr»ning so‘nggi uchrashuvlarida qatnashmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol marrasi haqida gapirdi