date

Enfilddagi hushtaklarga Mark Gexi qanday javob qaytardi?

Enfilddagi hushtaklarga Mark Gexi qanday javob qaytardi?

APLning 25-turida «Manchester Siti» safarda amaldagi chempion «Liverpul»ni 2:1 hisobida yengib, chempionlik poygasidagi intrigalarni yanada qizitdi. Ammo «Enfild»dagi kechaning eng qiziq nuqtalaridan biri gollar emas, balki tribunadagi reaksiya bo‘ldi: mezbonlar muxlislari "Manchester Siti" himoyachisi Mark Gexi to‘pga egalik qilgan har safar uni hushtaklar bilan “kutib oldi”.

Bu vaziyatning ildizi esa ancha oldinga borib taqaladi. O‘tgan yozda "Liverpul" 25 yoshli himoyachi uchun "Kristal Pelas"ga 35 million funtdan yuqori taklif yuborgan, ammo kelishuv amalga oshmagan. Qishki transfer oynasida esa shartnomasi 30-iyungacha mo‘ljallangan ingliz futbolchisi 20 million funt va bonuslar evaziga «Siti» safiga ko‘chib o‘tdi. Shu fon ham tribunalar kayfiyatiga ta’sir qilgani sezildi.

O‘yindan keyin Gexi bu epizodga xotirjam, hatto yumor bilan munosabat bildirdi:

“Rostini aytsam, nima sababdan ekanini bilmayman (kuladi). Lekin ularning muxlislari men haqimda nima deb o‘ylashini nazorat qila olmayman. Men faqat o‘z muxlislarimizga rahmat aytaman — ular butun o‘yin davomida meni qo‘llab-quvvatlashdi”, — dedi himoyachi.

Gexi fikrini davom ettirar ekan, bu kabi muhitda o‘ynashning eng asosiy kaliti ruhiy barqarorlik ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, bunday stadionda bosim doim bo‘ladi — ayniqsa yuqori pressing qiladigan jamoaga qarshi o‘ynayotgan paytda. Lekin hal qiluvchi narsa — xatoga yo‘l qo‘ysang ham, keyingi harakatda o‘zingni qanday tutishing.

“Xato bo‘lishi mumkin. Lekin muhim jihat — keyin nima qilasan. Doimo navbatdagi harakatga, jamoadoshlaringga qanday foyda keltirishingga e’tibor berishing kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Qisqasi, «Enfild»da hushtaklar ko‘p bo‘ldi, lekin Gexi uchun bu “psixologik test”dek kechdi — va u undan imtihondan o‘tganday, xotirjam chiqdi. Endi esa asosiysi shu: bu xislatni keyingi muhim o‘yinlarda ham saqlab qolish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Enfilddagi hushtaklarga Mark Gexi qanday javob qaytardi?