date

Tomas Tuhel Chempionlar ligasi ishtirokchisi klubni boshqarishi mumkin

Tomas Tuhel Chempionlar ligasi ishtirokchisi klubni boshqarishi mumkin

Germaniyalik mutaxassis Tomas Tuhel hozirda Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. U 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin ish joyini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Teamtalk jurnalistlari xabariga ko'ra, Tuhel “Nyukasl” bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatorida ko'rib chiqilmoqda. U “qarg'alar”ni boshqarayotgan Eddi Houning o'rnini egallashi mumkin, chunki murabbiy Premyer-ligadagi omadsiz natijalar sabab yozda lavozimidan chetlatilishi ehtimoli bor.

Ta'kidlash joiz, Tuhel Angliya chempionatida ishlash tajribasiga ega: u avvalroq Londonning “Chelsi” jamoasini ham boshqargan.

Premyer-liganing 25-turidan keyin “Nyukasl” 33 ochko jamg'argan va turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tomas Tuhel Chempionlar ligasi ishtirokchisi klubni boshqarishi mumkin