Ouen Tuxel va Pochettino MYUga mos emasligini aytdi

Yozda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligi uchun tilga olinayotgan nomlar orasida Tomas Tuxel va Maurisio Pochettino ham bor. Biroq klubning sobiq futbolchisi Maykl Ouen bu ikki mutaxassis «qizil iblislar» uchun to'g'ri tanlov emas, degan fikrda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ouenning ta'kidlashicha, hozir ko'p murabbiylarning diqqati jahon chempionatiga qaratilgan. Uning aytishicha, agar «MYU» shunday nomzodlarni taklif qilsa, mundial yakunini kutishga to'g'ri keladi, shundan keyin esa yangi murabbiyda ishni boshlashgacha atigi bir-ikki hafta qoladi. Ouen fikricha, «Manchester Yunayted»ni boshqarish katta mas'uliyat bo'lib, jiddiy rejalashtirishni talab qiladi.
Shuningdek, Ouen «Manchester Yunayted» murabbiylar shtabida hozir ishlayotgan Mayk Karrikni jamoa boshida qoldirish tarafdori ekanini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!