Riberi advokati unga qoʻyilgan ayblovlarni rad etdi

Soʻnggi kunlarda oshkor qilingan «Epshteyn fayllari» butun dunyoda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Hujjatlarda fransuz terma jamoasining sobiq futbolchisi va «Bavariya»ning ex-yulduzi Frank Riberining ismi tilga olingani futbol olamida ham muhokamalarni kuchaytirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vaziyat ortidan Riberining manfaatlarini himoya qilayotgan Karlo Alberto Bruza ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi. U tarqalgan maʼlumotlarni yolgʻon, deya atadi.
«Bu feyk! Ertaga janob Riberining advokati sifatida chiqaman va mijozim hamda uning oilasi shaʼniga putur yetkazayotgan yolgʻon xabarlarni tarqatayotganlarni jazolash uchun barcha zarur yuridik choralarni koʻraman», — deb yozdi Bruza.
Qayd etilishicha, Riberining familiyasi eʼlon qilingan hujjatlarning uch sahifasida uchraydi. Daʼvo taraflardan biri uni noqonuniy fohishalik bilan bogʻliq aloqalarda ayblagan, shuningdek, Riberining iltimosi bilan uchinchi shaxs tomonidan bir odamga hujum uyushtirilgani haqida ham bayon qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!