date

Atletiko Ederson transferi bo'yicha yana muzokara boshlamoqchi

Atletiko Ederson transferi bo'yicha yana muzokara boshlamoqchi

Madridning «Atletiko» klubi «Atalanta» yarim himoyachisi, braziliyalik Ederson Lourensoni tarkibga qo'shib olish bo'yicha yana bir bor kelishuvga erishishga urinadi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

26 yoshli futbolchining bergamoliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Ederson o'zini yuqori saviyadagi ijrochi sifatida ko'rsatib ulgurgani bois, uni Yevropaning bir nechta grand klublari tarkibni kuchaytirish varianti sifatida ko'rib chiqmoqda.

«Atalanta» esa yarim himoyachini qo'ldan chiqarishni istamayapti va faqat katta mablag' evazigagina transferga rozi bo'lishi mumkin. Qishki transfer oynasida rad javobini olgan «Atletiko» mart oyida muzokaralarni qayta jonlantirishga harakat qiladi.

Joriy mavsumda Ederson 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali uning narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletiko Ederson transferi bo'yicha yana muzokara boshlamoqchi