date

Klopp Realni boshqarishi uchun to'rtta shart qo'ydi

Klopp Realni boshqarishi uchun to'rtta shart qo'ydi

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp kelasi mavsumda "Real" boshqaruviga kelishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Topskills Sports UK xabariga ko'ra, germaniyalik mutaxassis Madrid klubi bilan muzokaralarda aniq talablar ro'yxatini taqdim etgan. Klopp "qaymoqranglilar" taklifini ko'rib chiqishi uchun quyidagi to'rtta shart bajarilishi kerak:

- "Real" tarkibiga ikki nafar yangi markaziy himoyachi olib kelish

- Ikki nafar yangi yarim himoyachi transferini amalga oshirish

- Hozir "Lion"da o'ynayotgan Endrikni yana ijaraga jo'natmaslik

- Jud Bellingem va Eduardo Kamavingani sotish

Manbaga ko'ra, talablar bajarilsa Klopp "Real"dagi ish variantini jiddiy ko'rib chiqadi. Aks holda u taklifni rad etishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Klopp Realni boshqarishi uchun to'rtta shart qo'ydi