date

Panenka o'z uslubidagi penalti haqida fikr bildirdi

Panenka o'z uslubidagi penalti haqida fikr bildirdi

Afsonaviy chex futbolchisi Antonin Panenka «panenka» uslubida tepilaradigan penalti raqibga hurmatsizlik degan qarashga qo'shilmadi. U bu zarbani ilk bor Yevropa chempionati-1976 finalida qo'llagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Panenka Cadena SER radiosining El Larguero dasturida aytishicha, o'sha paytda uning maqsadi raqibni masxara qilish emas, balki gol urish ehtimoli eng yuqori bo'lgan variantni tanlash edi. «Finalda sen raqib ustidan kulish haqida o'ylamaysan. Men futbolni yaxshi ko'raman va hech kimning ustidan kulishni istamaganman. Men uchun bu gol urishning eng yaxshi yo'li edi», dedi u.

Shuningdek, Panenka avvalroq Afrika Millatlar kubogi finalida Brahim Dias nega «panenka» uslubida gol ura olmagani borasida ham o'z fikrini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Panenka o'z uslubidagi penalti haqida fikr bildirdi