Nagelsmann Manchester Siti bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo‘lishi mumkin

«Manchester Siti» Xosep Gvardiola klubni tark etishi ehtimoliga qarshi turli ssenariylarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TEAMtalk jurnalisti Grem Beyli xabariga ko‘ra, «shaharliklar» Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmannni taklif etish variantini ham muhokama qilmoqda. 38 yoshli mutaxassis Manchester klubining rahbariyatiga ijobiy munosabatda ekani aytilmoqda.
Nagelsmann 2023 yildan beri Germaniya terma jamoasini boshqarib keladi. 2025 yil yanvarida u shartnomasini 2028 yil yozigacha uzaytirgan. Murabbiylik faoliyati davomida «Xoffenxaym», «RB Leypsig» va Myunxenning «Bavariya» klubida ishlagan. «Bavariya» bilan Bundesligani yutgan, shuningdek, Germaniya Superkubogini ikki bor qo‘lga kiritgan. 2017 yilda esa Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!