date

Bergkamp Benzema harakatlari bilan yosh hujumchilarni o‘rgatganini aytdi

Bergkamp Benzema harakatlari bilan yosh hujumchilarni o‘rgatganini aytdi

Futbol afsonalaridan biri Denis Bergkamp fransuz hujumchisi Karim Benzema haqida fikr bildirib, uning maydondagi o‘yin uslubi va foydali harakatlarini alohida ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bergkampning so‘zlariga ko‘ra, u yoshlar jamoalarida ishlagan paytida Benzemaning maydondagi joylashuvi va ochilishlarini misol qilib, yosh forvardlarga ko‘p bora tushuntirgan. Mutaxassis Benzemaning keskin yugurishlari va to‘g‘ri tanlangan harakatlari hujumchilar uchun ideal namuna ekanini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, qishki transfer oynasida Benzema «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tdi. Joriy mavsumda 38 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bergkamp Benzema harakatlari bilan yosh hujumchilarni o‘rgatganini aytdi