Kapello futbolda navbatdagi katta inqilob yaqinligini aytdi

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello futbolda yana bir katta o‘zgarishlar davri yaqinlashayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday “inqiloblar” odatda har 20 yilda bir takrorlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyalik mutaxassis zamonaviy futbol tarixida shunday uchta burilish nuqtasini eslatdi: 1970-yillar boshidagi “Ayaks”ning total futboli, 1980-yillar oxiri va 1990-yillar boshida Arrigo Sakki joriy etgan tizim, shuningdek, oradan yigirma yil o‘tib Pep Gvardiolaning “Barselona”si bilan bog‘liq uslubi.
Kapelloning aytishicha, o‘yin doim rivojlanadi va shuning uchun yaqin yillarda navbatdagi futbol inqilobi paydo bo‘lishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, u 2018 yildan beri murabbiylik qilmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing